2025-yil 19 - 21 iyun
Central Asian Expo (CAEx),
Toshkent, O‘zbekiston

Ko‘rgazma haqida

Eco Expo Central Asia- bu Markaziy Osiyoda atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil texnologiyalar sohasidagi eng kutilgan voqea. Bu Markaziy Osiyo va butun dunyo boʻylab sanoat yetakchilari, innovatorlar va qaror qabul qiluvchilar bilan aloqa oʻrnatish imkoniyatidir. Siz biznes vakili, olim, faol yoki atrof-muhit masalalariga befarq bo‘lmagan inson bo‘lsangiz, ushbu koʻrgazmada siz o‘zingiz uchun muhim va foydali narsalarni topasiz.
Eco Expo Central Asia 2025
Koʻrgazmasi innovatsiyalar, ilgʻor tendentsiyalar, eng yorqin va iste’dodli mutaxassislar hamda chinakam inqilobiy mahsulotlar va xizmatlarning kombinatsiyasini taklif etadi.
Ishtirok etishning afzalliklari
Koʻrgazmada ishtirok etish kompaniyalarga bir qator afzalliklarni taqdim etadi. Birinchi navbatda, bu brendni ilgari surish uchun ajoyib imkoniyatdir. Ikkinchidan, ishtirok etish yangi biznes imkoniyatlarini ochib beradi va samarali marketing va reklama faoliyatiga yordam beradi. Bundan tashqari, kompaniyalar savdolarini sezilarli darajada oshirishlari va yangi mahsulot hamda xizmatlarni taqdim etishlari mumkin. Koʻrgazma shuningdek, mahsulotlarni yaxshilash uchun qimmatli fikr-mulohazalar olish imkonini yaratadi va boshqa ishtirokchilar bilan tajriba almashish va oʻrganish uchun noyob fursat yaratadi.

Korgazmaning bolimlari

  • Qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar
  • Sun’iy intellekt va ekologiya
  • Ekologik ta’lim
  • Clean-Tech
  • Yashil qurilish
  • Suvni tejovchi yashil texnologiyalar
  • Yashil transport
  • FMCG va chakana savdo sektorlaridagi yashil tashabbuslar
  • Yashil energetika
  • Barqaror qishloq xo‘jaligi
  • Yashil moliya
  • Yashil shaharlar
  • Orol va Prioral ekologiyasi
  • Obodonlashtirish
  • Eko-turizm
Eco Expo Central Asia 2025 jamoasi bilan aloqa
Koʻrgazma tashkilotchisi
XK MCHJ "BUSINESS CONGRESS MANAGEMENT CORP"
E-mail: BCMcorp.event@gmail.com
Telefon raqami: +998 94 990 37 95